Daryo

G‘alaba! Uzbek Tigers — Astana Arlans 3:0. Isroil Madrimov to‘qnashuv taqdirini hal qildi

Madrimov har uch referidan ustunlik ko‘rsatilgan hisoblarni qabul qilib oldi: 50:44, 50:44, 49:45

1 daqiqa o‘qish27 044 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Uzbek Tigers Astana Arlans ustidan uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Foto: “Olamsport”

75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga o‘zbekistonliklardan Isroil Madrimov chiqdi. Uning raqibi Saparboy Aydarov bo‘lib, qozog‘istonlik bokschi o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolishning uddasidan chiqa olmadi. Madrimov har uch referidan ustunlik ko‘rsatilgan hisoblarni qabul qilib oldi: 50:44, 50:44, 49:45.

Isroil Madrimov Uzbek Tigers safida shu mavsumdan boshlab janglarda ishtirok etib kelmoqda.

Avvalroq Elnur Abduraimov va Abdulhay Shorahmatov qozog‘istonlik raqiblariga imkoniyat qoldirmay, bir xilda — 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Qozog‘istondagi uchrashuvida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar