Daryo

Uzbek Tigers — Astana Arlans 1:0. Elnur Abduraimov qozog‘istonlik raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Elnur Abduraimov Rio—2016 litsenziyasiga ega chiqqaniga qaramay, yakunda Olimpiadadan chetda qolib ketgandi

1 daqiqa o‘qish23 036 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha WSB musobaqasining guruh bosqichi 5-turida Uzbek Tigers jamoasi oldinga chiqib oldi.

Foto: “Olamsport”

Astana Arlans klubiga qarshi ilk jangga -64 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov chiqib keldi. Uning raqibi 21 yoshli Dilmurod Mijitov bo‘lib, jang o‘zbekistonlik sportchining 3:0 hisobidagi g‘albasi bilan yakuniga yetdi.

Abduraimov va Mijitov jangi ehtiyotkorlik bilan boshlangan bo‘lsa-da, uning yakunida bokschilar anchagina faollashdi. Yakunda Elnur Abduraimov 50:45, 49:46, 48:47 hisobida ustun keldi.

“Sports.uz” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Elnur Abduraimov Uzbek Tigersning WSB’ning o‘tgan mavsumida 4 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Elnur Abduraimov Rio—2016 litsenziyasiga ega chiqqaniga qaramay, yakunda Olimpiadadan chetda qolib ketgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar