Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Uzbek Tigers Astana Arlans ustidan ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
-56 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston klubi sharafini Abdulhay Shorahmatov himoya qildi va qozog‘istonlik Ilyas Suleymanovga qarshi ringga chiqdi. Jang Shorahmatovning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan intixo topdi — 48:47, 48:47, 50:45.
Avvalroq Elnur Abduraimov ham qozog‘istonlik raqibi ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Ma’lumot uchun, tomonlarning Qozog‘istondagi uchrashuvida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgan.
Izoh (0)