Olimlarning xalqaro guruhi Braziliya Amazoniyasida o‘simliklarning yangi 600 turini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bunday keng ko‘lamdagi kashfiyotlarga mamlakat shimolidagi Para shtatiga uyushtirilgan ekspeditsiya davomida qo‘l urildi. Tadqiqotlarda Braziliya va boshqa davlatlarning 22 ilmiy muassasasi vakili bo‘lgan 74 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
Aniqlangan o‘simliklarning ko‘pchiligi yo‘qolib ketish xavfi ostida ekanligi bildirilmoqda. Ular orasida qirqquloqsimonlar, moxsimonlar va gulli o‘simliklar bor.
Topilmalarning to‘liq tafsiloti Rio-de-Janeyro Botanika bog‘i tomonidan chop etiladigan to‘plamlarda yoritiladi.
Izoh (0)