Hindistonning Manipur shtatida sayyohlar avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 25 nafari jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 27-mart, dushanbaga o‘tar kechasi Senapati okrugidagi Impxal-Dimapur shossesida sodir bo‘ldi. Avtobus Impxala shahridan 65 kilometr uzoqlikdagi daryoga quladi.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari hozircha aniqlanmagan. Jarohat olganlar shifoxonaga yotqizildi. Huquq-tartibot xodimlarining ma’lum qilishicha, jarohat olganlarning aksariyati og‘ir ahvolda, shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)