Liberal kuchlar vakili, “Toburo” demokratik partiyasi sobiq yetakchisi Mun Chje In ketma-ket 12 haftadan buyon Koreya Respublikasi prezidentligiga potensial nomzodlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda, deb yozadi “TASS” ijtimoiy tadqiqot ma’lumotlariga tayanib.
“So‘rov ishtirokchilarining 34,4 foizi Mun Chje In uchun saylovlarda ovoz berishga tayyor, bu avvalgi haftadagi ko‘rsatkichdan 2,2 foizga kamroq demakdir”, — deyiladi Realmeter agentligi xabarida. Uning reytingi biroz pasayganini ekspertlar “Toburo” demokratik partiyasidan to‘rt nomzod o‘rtasida raqobat kuchaygani bilan izohladi.
Ommaboplik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Chxunchxon-Namdo provinsiyasi gubernatori An Xi Chjon 17,1 foiz, uchinchi o‘rinda Xalq partiyasi sobiq rahbari An Chxol Su 12,6 foiz, keyingi o‘rinda esa Sonnam shahri meri Li Chje Myon 10,2 foiz ko‘rsatkich bilan joylashdi.
Koreya Respublikasi prezidentligiga muddatidan oldingi saylovlar 9-mayga belgilangan.
Izoh (0)