Sinay yarimorolining shimolida Misr harbiylari tomonidan “Ansar bayt al-Maqdis” (“Quddus tarafdorlari”) ekstremistik guruhining besh nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Misr armiyasi vakili polkovnik Tamer ar-Rifay ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Polkovnik axborotiga ko‘ra, Shimoliy Sinay tumanlaridan birida esktremistlarga qarshi olib borilgan operatsiya davomida “Quddus tarafdorlari”ning besh nafar a’zosi, xususan, mahalliy guruh rahbari o‘ldirilgan.
Shuningdek, hukumatga qarshi tashkilotning 16 nafar tarafdori hibsga olindi. Armiya reydi natijasida politsiya va tinch aholiga qarshi ishlatish maqsadida terrorchilar tomonidan tayyorlangan bir necha o‘q otish quroli, ko‘plab o‘q-dori va bir necha portlovchi moslama olib qo‘yildi.
Izoh (0)