20—21-mart kunlari Toshkent shahridagi bog‘ va xiyobonlarda bo‘lib o‘tgan Navro‘z tantanalariga 200 mingga yaqin fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 23-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etishlaricha, Toshkent shahridagi 23 ta bog‘ va xiyobonlarda Navro‘z bayramini tinch va osoyishta o‘tkazish maqsadida, bosh boshqarma va quyi tizim barcha shaxsiy tarkibi, kuch-vositalari safarbar etilgan.
“Bayram tadbirlariga 200 mingga yaqin fuqarolarimiz tashrif buyurdi va bayramni oila a’zolari bilan birga ko‘tarinki ruhda nishonladi”, — deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)