Nigeriyaning Benue shtatida joylashgan qishloqqa qurollangan guruhning hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “TASS” xabariga ko‘ra, shtat gubernatori maslahatchisi Tanava Ageruza ma’lum qilgan.
Qishloq oqsoqoli Iverem Pitersning aytishicha esa hujum oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan odamlar avtomobil va mototsikllarda qishloqqa bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan, uylarga o‘t qo‘ygan.
O‘troq dehqonlarga qarshi qaratilgan mazkur hujum ko‘chmanchi cho‘ponlar tomonidan uyushtirilgan, deb gumon qilinmoqda. So‘nggi ikki yil davomida Nigeriya janubida joylashgan Benue shtatida shunday to‘qnashuvlar oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ular o‘rtasida suv manbalari va yerdan foydalanish huquqi uchun muntazam nizo kelib chiqadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)