Meksika rasmiylari milliy kompaniyalarni vijdon amriga quloq tutish va AQSh bilan chegarada devor qurish loyihasida ishtirok etishdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Foto: Reuters
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray Meksika kompaniyalari loyihada ishtirok etishga qaror qilishdan avval “yana bir bor o‘ylab ko‘rishlari” lozimligini ta’kidladi.
Vazir devor qurilishini “do‘stona bo‘lmagan harakat” deb atadi va shu sababli buning uchun javobgarlik loyihaning barcha ishtirokchilari zimmasiga yuklanishini bildirdi.
Izoh (0)