BAA vitse-prezidenti va bosh vazir, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum hayvonlar ishtirokidagi shafqatsiz videolarni olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan fuqaroga uch oy davomida hayvonot bog‘ini tozalashni buyurdi. Bu haqda UEA Inside nashri xabar bermoqda.
Dubay hukmdori mushuklarni itlar qo‘liga topshirib, ular qiynoqqa solinayotgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fuqaro ko‘nglida hayvonlarga nisbatan mehr uyg‘otishga qaror qildi va uni hayvonot bog‘ini tozalashga yubordi.
Sudlanuvchi va uning ikki do‘sti keyingi uch oy davomida har kuni to‘rt soatdan hayvonot bog‘ini tozalashi kerak bo‘ladi.
Sudlanuvchining sahifasi bloklab qo‘yildi, shuningdek, unga bir yil davomida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish taqiqlandi.
Izoh (0)