Kaliforniya shtati Alamida okrugi Berkli shahrida joylashgan, dunyoda o‘z obro‘siga ega bo‘lgan universitet bir necha yil davomida YouTube hamda iTunes servisiga o‘qituvchilarining ma’ruzalari tasvirga olingan videolarni joylab borgan. Ammo 15-martdan boshlab ularni o‘chirib chiqmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Bunga sabab esa 2015-yilda kar va eshitish qobiliyati past bo‘lgan insonlarni o‘qitishga ixtisoslashgan Gallodet universitetining adliya vazirligiga qilgan shikoyatidir. Berkli videotasvirlari Amerikaning imkoniyati cheklangan insonlarni kamsitishga qarshi qabul qilingan qonunini buzmoqda degan qarorga kelingan. Tasvirlarning aksariyati subtitrsiz bo‘lgan, borlarining ham sifati yaxshi emas.
Shundan so‘ng universitet oldida ikki yo‘l qoldi: 20 mingga yaqin videotasvirlarga subtitr joylashtirib chiqish yoki barcha tasvirlarni o‘chirib tashlash. Universitet imkoniyati cheklangan insonlar uchun roliklarni birma-bir o‘zgartirib chiqish juda katta xarajat deb hisobladi. Shuning uchun ularni o‘chirib tashlashga qaror qildi (Shundoq ham 2015-yilning kuzidan beri tasvirlardan umumiy foydalanishga cheklov qo‘ygan edi).
Buning o‘rniga universitet eDx ta’limiy platformasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va qonunni buzmaydigan yangi kontent tayyorlaydi.
Tasvirlarni butunlay o‘chirish uch-besh oyga cho‘zilishi mumkin, shunday ekan ularni ko‘rishga ulugurib qolish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)