Efiopiya poytaxti Addis-Abeba shahrida joylashgan axlat poligonida sodir bo‘lgan o‘pirilish natijasida kamida 113 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni 82 kishi ekanligi ma’lum qilingan edi.
Axlat uyumlari tagidan yangi jasadlar topilishi bilan aholi o‘rtasida ijtimoiy tanglik o‘sib bormoqda. Poligonning o‘zida izsiz yo‘qolganlar qarindoshlari va qutqaruvchilar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Odamlar hukumatni harakat qilmayotganlikda va zarur bo‘lgan yordam berilmayotganligida ayblamoqda.
Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan joyda bor-yo‘g‘i 2-3 ta buldozer ishlamoqda. Mahalliy aholi esa mustaqil ravishda yordamchi vositalar orqali axlat uyumlari orasidan yaqinlarini topishga harakat qilmoqda.
Qutqaruv operatsiyasi davomida 40 ga yaqin kishi qutqarilgani qayd etildi.
15-mart kuni mamlakatda mazkur favqulodda vaziyat tufayli halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)