Anqara Niderlandiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashi mumkin. Bu haqda Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari Nu’mon Kurtulmush ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Kurtulmushga ko‘ra, Turkiya ayni paytda Niderlandiyadan o‘z elchisini chaqirib olish niyatida emas.
Oldinroq Anqara Niderlandiya elchisining Turkiyaga kirishini taqiqlagan va ikki davlat o‘rtasidagi barcha oliy darajadagi uchrashuvlarni bekor qilgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Niderlandiya bilan o‘rtadagi diplomatik mojaroni uzr so‘rash bilan hal qilib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)