AQShga yopirilgan qor bo‘roni oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
16 yoshli qiz Gilfordda (Nyu-Gempshir shtati) yuz bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Yana ikki kishi Miluoki shtatida o‘lgani qayd etildi.
Massachusets shtatida qor kurash mashinasi haydovchisi avtomobili temir yo‘lni qordan tozalayotgan poyezd bilan to‘qnashuvi qurboni bo‘ldi.
Izoh (0)