Changi aeroporti (Singapur) Britaniyaning Skytrax tadqiqot kompaniyasi versiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topildi.
Singapur havo qo‘nalg‘asi qatorasiga beshinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallamoqda.
Ikkinchi o‘rinda Tokio xalqaro aeroporti qayd etildi (2016-yilda 4-o‘rin). Uchinchi o‘rin Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportiga nasib etdi (o‘tgan yili ikkinchi o‘rin).
Reyting yetakchilari o‘nligiga Myunxen, Gonkong, Doha, Tyubu (Yaponiya), Syurix, London va Frankfurt-Mayndagi aeroportlar ham kiritildi.
Izoh (0)