Angliyaning “Lester” klubi o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi.
Nimchorak finalda “Sevilya” bilan to‘qnash kelgan Angliyaning amaldagi chempioni birinchi uchrashuvni 1:2 hisobida boy bergandi. Takroriy o‘yinda Kreyg Shekspir boshchilik qilayotgan “Lester” 2:0 hisobida zafar quchdi.
“Lester” APLda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa, “Sevilya” La liga chempionligi uchun intilayotgandi.
Ikkinchi o‘yinda “Arsenal” va “Manchester Siti” klublaridagi o‘yinlari orqali tanilgan Samir Nasri qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. Shuningdek, xuddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi “Lester” posboni Kasper Shmeyxel penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final 14-mart, seshanba
Izoh (0)