Qozog‘istonning Aqmola viloyati, Yesil tumanida ikki ayol 93 yoshli momoni chuv tushirib ketdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki noma’lum ayol Yesil shahrida ijtimoiy xizmat xodimlari sifatida 93 yoshli momoning uyiga kirib, 700 ming tengeni (2200 dollar atrofida) suvenir kupyuralarga almashtirib olgan. Firibgarlar qariyani pullarni yangi namunadagi kupyuralarga alishtirish zarurligiga ishontirdi.
Hozirda politsiya tomonidan mazkur firibgarlikni amalga oshirishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor qidiruv tadbiri olib borilmoqda.
Izoh (0)