AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Carl Vinson avianosetsi Janubiy Koreyada hamkorlikda o‘tkazilayotgan Foal Eagle manyovrlarida ishtirok etish uchun Pusan portiga kirdi, deb yozadi “TASS” Amerika harbiy kontingentining Koreya Respublikasidagi qo‘mondonligiga tayanib.
Avianosets boshchiligidagi zarba guruhi tarkibiga, shuningdek, ikkita raketa esminetsi, kreyser va 74 ta samolyot kiradi.
Manyovrlar chog‘ida tomonlar shartli dushmanning suv osti kemalariga qarshi kurash kabi jangovar harakatlarni mashq qilish, shuningdek, kema artilleriyasidan yer ustidagi nishonlarga o‘q uzishni rejalashtirmoqda.
Koreya yarim oroli janubidagi Foal Eagle yirik dala manyovrlari 1-martdan boshlab olib borilmoqda.
Izoh (0)