AQSh rahbarligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi Iroqning Mosul shahri g‘arbiy qismida bergan aviazarba natijasida kamida 29 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, 29 nafar tinch aholi vakillari “koalitsiya samolyotlarining Mosul g‘arbidagi turar-joy dahalariga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan”.
2016-yil 17-oktabrda ikki yildan ortiqroq vaqt davomida IShID tomonidan nazorat qilingan Mosul shahrini ozod etish bo‘yicha operatsiyaning yer ustidagi bosqichi boshlandi. 2017-yil yanvari oxirida Sharqiy Mosul jangarilardan ozod etildi, 19-fevralda G‘arbiy Mosuldagi operatsiya boshlandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)