Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo‘minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko‘rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Yana turmush qurishdan cho‘chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi:
Buni vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo‘q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz.Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.Qizim bilan tez-tez ko‘rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi.
Sababini so‘rasam, u buni “Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e’tiborli bo‘lmaydi”, deb izohlaydi.
Sharof Muqimov, xonanda va aktyor
Mavzuga doir: Sevinch Mo‘minova: Bir narsani aniq aytaman — Sharof Muqimov bilan hali qonunan ajrashganim yo‘q
Izoh (0)