Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan aliment undirish bilan bog‘liq sud qarorlari ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida viloyat hokimligi, IIB, sud ijro departamenti, “Mahalla” jamoat fondi hamda mehnat bosh boshqarmalari hamkorligida qo‘shma farmoyish ishlab chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi mutasaddilari ma’lum qildi.
Nazorat va targ‘ibot tadbirlari jarayonida joriy yil 1-mart holatiga 947 ta ijro hujjati oilalar yarashtirilganligi, 270 ta holatda mavjud qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilganligi sababli ijro ishlari tugatilgan.
Joylarda o‘tkazilgan 89 ta bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarida 1 629 nafar qarzdor ishga joylashtirilib, alimentdan bo‘lgan qarzdorlik ish haqlariga qaratildi.
12 534 ta ijro hujjati bo‘yicha 9,6 milliard so‘mlik aliment pullari undirildi va 6 987 nafar voyaga yetmaganlarning huquqlari tiklanishiga erishildi.
Izoh (0)