Turkiya Statistika idorasi ma’lumotiga qaraganda, o‘tgan 2016-yilda mazkur mamlakat chet ellardan 22 583 nafar kelin olgan. Bu haqda “Hilol.uz” xabar bermoqda.
Xorijlik kelinlarning eng ko‘pi – 6495 nafari suriyalik. Buni Suriyaning Turkiya bilan qo‘shni ekani, qolaversa, Turkiyada bir necha million suriyalik qochqin yashayotgani bilan izohlash mumkin, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Germaniyadan 2644, Ozarbayjondan 2170, Rossiyadan 1445, Ukrainadan 1097 nafar kelin kelgan.O‘zbekistondan esa 753 nafar ayol Turkiyaga kelin bo‘ldi.
Chet ellik kelinlar ro‘yxatining ilk o‘ntaligida Qirg‘iziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozog‘iston (487) fuqarolari ham bor.
Izoh (0)