Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat deputatlarini g‘iybatchilar deb atadi va parlamentning tarqatib yuborilishini ma’qulladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ikki-uch oydan beri parlamentda cheksiz ravishda komissiyalar tashkil etilmoqda, shov-shuvlar tinayotgani yo‘q. Parlament minbaridan turib olib, Atambayevning Kiprda boyliklari bor, Atambayev xotinining hisob raqamidagi pullar 2011-yildan so‘ng paydo bo‘lgan, degan gaplar aytilmoqda”, — dedi Atambayev.
Qirg‘iziston prezidentining fikricha, mamlakat parlamenti “borgan sari qonun chiqaruvchi organdan mish-mish to‘qib chiqaruvchi tashkilotga aylanib bormoqda”.
“Baliqdek jim o‘tirgandan ko‘ra tarqalib ketgan ham tuzukroqdir? Aks holda, qonunlarga rioya etib, xalq manfaati yo‘lida ishlash kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Almazbek Atambayev.
Qirg‘iziston yetakchisi parlamentning o‘z xohishiga ko‘ra tarqalib ketish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)