Ispaniyaning Ibitsa shahri markazida joylashgan muhofaza ostidagi bog‘da o‘rmon yong‘ini yuzaga keldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Yong‘in natijasida yo‘llar yopilib, bir necha xonadon aholisi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Jumladan, Ibitsa shahri atrofidagi halqa yo‘lining bir qismi va Santa-Eulaliyaga olib boruvchi yo‘l yopib qo‘yildi.
IBIZA hoy 🔥🔥🔥🔥🔥🔥: https://t.co/4ilx8SMNPf через @YouTube
— Artiom Pavlov (@AntoniPavlov) March 6, 2017
Kuchli shamol sabab olti metr balandlikkacha ko‘tarilgan olovni o‘chirish murakkablashmoqda.
Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Qayd etilishicha, beshta avtomobil yonib ketgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)