Britaniyalik musavvir, ko‘cha san’ati ustasi Benksi Bayt-lahmda Isroil va Falastinni ajratib turuvchi devorga qaragan mehmonxona ochdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Walled Off (“Devor ortida”) nomli mehmonxona jentelmenlar uchun klub uslubida bezatilgan. Rassomga ko‘ra, bu Buyuk Britaniya mintaqada qanday o‘rin tutganligini namoyish etadi.
Mehmonxonada Benksining asarlari qo‘yilgan, shuningdek, bu yerda falastinlik rassomlar ko‘rgazmalari uyushtirilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)