“Al-Qoida” AQSh boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari tashkilotning Suriyadagi yetakchilaridan birini yo‘q qilganini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Avvalroq Amerika razvedkasining yuqori martabali vakillaridan biri dron hujumi natijasida Abu al-Xayr al-Masriy o‘ldirilganini ma’lum qilgan edi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 26-fevral oqshomida Markaziy razvedka boshqarmasining droni Suriya shimoli-g‘arbida al-Masriy ketayotgan avtomobilni raketa orqali o‘qqa tutgan.
Bu terrorchi tashkilot rahbari Ayman al-Zavahiriydan so‘ng “Al-Qoida”dagi “ikkinchi odam” sanalardi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)