Toshkent shahridagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasining transport harakati uchun ochilishi yana qoldirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017-yil 10-martga ko‘chirildi.Eslatib o‘tamiz, oldinroq chorrahada transport harakati 11-fevraldan 23-fevralgacha vaqtincha yopilgandi. Keyinroq “Toshshahartransxizmat” harakatlanishga 1-martdan boshlab ruxsat berilishini bildirdi.Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati
Izoh (0)