Palebiologlar xalqaro jamoasi Yerdagi tosh qotgan eng qadimiy hayot izlarini topdi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etildi.
Sayyoramizda 3770—4280 million yil avval suvosti gidrotermal buloqlar yaqinida yashagan bakteriyalar izi dunyodagi eng qadimiy qoyalar — Nuvvuagittuk (Kanada) bo‘laklarida aniqlandi.
Olimlar o‘rganilgan namunalarda naychasimon va ipsimon tizimlar, shuningdek, temir oksidi granulalari va karbonatlarni aniqladi. Bu esa o‘tmishdagi biologik faollikdan dalolat berishi bildirilmoqda.
Izoh (0)