Xitoylik mutaxassislar 2018-yilgacha eng yangi o‘ta baquvvat kompyuterni yaratishni rejalashtirmoqda, uning unumdorligi 1 eksaflops (soniyasiga kvintilyonta (10 ning 18-darajasi) suzuvchi vergulli operatsiyalar)ga teng. Bu haqda Tyanszin shahar Superkompyuterlar davlat markaziga tayanib, China Daily ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Loyiha rahbari Men Syanfey so‘zlariga ko‘ra, Tianhe-3 deb nomlanuvchi ishlanma “o‘ziga o‘xshash qurilmalarni ortda qoldirib, dunyodagi eng ilg‘origa aylanadi”. U TOP500 versiyasiga ko‘ra 2016-yil noyabrida eng baquvvat kompyuter deb e’lon qilingan Sunway TaihuLight’dan bir necha o‘n marta ustunroq bo‘ladi.
Ushbu mashinadan, xususan, oqsillar joylashuvining tuzilmasi va ketma-ketligini tahlil qilishda gen injeneriyasida foydalanish rejalashtirilmoqda.
Yangi qurilma faqat milliy texnologiyalar asosida yaratilmoqda va 2020-yilgacha loyihaviy rejimda ishlashga tayyor bo‘ladi.
Izoh (0)