Yaponiyada Fukusima shahridan 46 kilometr shimoli-sharqda zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
28-fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:49 da qayd etilgan yer osti silkinishi magnitudasi 5,6 magnitudani tashkil etdi.
Epimarkazdagi tebranishlar shiddatidan kelib chiqib, zilzila “o‘ta kuchli” deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yil 11-martida Yaponiya shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 9 balli yer qimirlashi oqibatida Fukusima atom elektr stansiyasidagi yadroviy reaktorlarda portlashlar ro‘y bergan. Tabiiy ofat tufayli salkam 16 ming kishi halok bo‘lgan, 2,5 mingdan ortiq kishi dom-daraksiz yo‘qolgandi.
Izoh (0)