Go‘shtni laboratoriyada yetishtirishning aksariyat usullari qon zardobidan olingan hayvon hujayralaridan foydalanadi. Bioreaktorda hujayralardan muskullar shakllanib, u go‘sht uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq bunday texnologiya tannarxi sun’iy go‘shtni bozorga chiqarish va ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini bermas edi, deb yozadi “Chastniy Korrespondent” nashri.
2013-yilda Maastrixt universiteti biologi Mark Post probirkada yetishtirilgan go‘shtdan dunyodagi birinchi burgerni yaratdi. Mahsulotni ishlab chiqarish 325 ming dollarga tushdi.
Texnologiyaning rivojlanishi ushbu qiymatni bir necha marta kamaytirdi. Bugun sun’iy go‘shtning kilosi 80 dollar, bitta burger esa 11 dollar. Shu tariqa to‘rt yil ichida sun’iy go‘shtning narxi deyarli 30 ming marta arzonlashdi.
Biroq 2016-yilning noyabr holatiga yarim kilo mol go‘shti qiymasi 3,6 dollarni tashkil etgan, ya’ni probirkada yetishtirilgan go‘shtdan o‘n marta arzonroqdir. Biroq olimlar va “go‘sht” startaplari yaratuvchilari 5—10 yildan so‘ng sun’iy frikadelka va gamburgerlar do‘konlarda o‘rtacha narxda sotilishiga ishonmoqda.
Next Big Future’ning ma’lumotlariga qaraganda, hozirda hayvonlarning sun’iy mahsulotlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kamida oltita kompaniya mavjud.
Izoh (0)