Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Rakka shahrini IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilishga yo‘naltirilgan operatsiyaga Anqara tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mavlud Chavusho‘g‘li “Frot qalqoni” operatsiyasi haqida fikr bildirib, ayni kunlarda “O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq otryadlari” (YPG) tarafdorlari faoliyat yuritayotgan Manbij shahrini ham terrorchilardan ozod etish lozimligini ta’kidladi.
Biz AQShning YPG otryadlarini Mandijdan olib chiqib ketishini kutyapmiz. Keyinroq Rakkada operatsiya tashkil etishni mo‘ljallayapmiz. Rakka mavzusi Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya vakillari bilan muhokama etildi. Rejalar to‘g‘ri tuzilib, mahalliy kuchlar jalb etilsa, Suriya hududini IShID terrorchilaridan osonlik bilan tozalashimiz mumkin.TIV rahbari Al-Bob shahrining Turkiya harbiy kuchlari nazoratiga to‘liq o‘tganiga qaramay, shaharni minasizlashtirish hamon davom etayotganini aytdi.Mavlud Chavusho‘g‘li, Turkiya tashqi ishlar vaziri
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)