O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan milliy raqsni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Madaniyat vazirligi ushbu dasturni tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqishi lozim.
Dasturni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad — “o‘zbek raqsining boy tarixiy an’analarini qayta tiklash va asrab-avaylashdir”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)