O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida bir qator muassasalarni butunlay tugatish haqida ko‘rsatma berdi.
Mavzuga doir: O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi
Qayd etilishicha, mazkur tashkilotlarni tugatish haqidagi qaror ularning “faoliyatini o‘rganib chiqish natijalarini hisobga olgan” holda qabul qilingan.
Farmonga ko‘ra, faoliyati tugatilgan bu tashkilotlarning funksiyalari va mol-mulki yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga topshiriladi.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekteatr” birlashmasi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 26-martdagi farmoniga ko‘ra, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi esa Birinchi Prezidentning 1998-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)