Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Shimoliy Koreya hududidan ko‘mir importini 19-fevraldan boshlab to‘liq to‘xtatadi. Cheklov BMTning KXDRga nisbatan sanksiyalarini bajarish maqsadida kiritilmoqda. Cheklov 2017-yil 31-dekabrgacha amalda bo‘ladi. Bu haqda Reuters nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2016-yil aprel oyida Xitoy KXDRdan ko‘mir import qilishni to‘xtatish rejalari haqida xabar bergan edi. Xitoy ko‘mir “aholi yashashi uchun zarur” deb hisoblagan holatida istisnoga yo‘l qo‘yayotgan edi.

Cheklovga qaramasdan, Shimoliy Koreya Xitoyga eng ko‘p ko‘mir yetkazib beruvchi to‘rtinchi davlat bo‘lib qolaveradi. 2016-yilda KXDRdan ko‘mir importi 22,48 million tonnani tashkil qilib, 2015-yilga nisbatan 14,5 foizga o‘sgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi