Britaniyalik rejissor Rafael Vangelis 30 ta turli yuklanayotgan ekranlarning stop-motion animatsiyasini yaratdi. Bu haqda Gizmodo nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.
Rejissor animatsiyani bir yil davomida, bo‘sh vaqtlarida yaratdi. Tasvirga olish ishlari uchun u 3D-printer sotib olishiga va uni mustaqil o‘rganishiga to‘g‘ri keldi.
Bu video – insoniyat tomonidan yuklanayotgan ekranlar oldida yo‘qotilgan barcha vaqt uchun hurmat belgisi.Rafael Vangelis, rejissor
Vangelis animatsiya qanday yaratilganini ko‘rsatuvchi alohida videorolikni ham e’lon qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)