Olimlar 64 yil mobaynida birinchi marotaba Braziliya hududida uchraydigan jahondagi noyob jonivorlardan biri — Kropana bo‘g‘ma ilonini ko‘rish va qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Og‘irligi 1,5 kilogramm va uzunligi 1,7 metr bo‘lgan urg‘ochi bo‘g‘ma ilonni olimlarga Mirakatu munitsipalitetidagi ikki fermer sotgan.
Live Science saytiga ko‘ra, so‘nggi bor bu ilon 1953-yilda kuzatilgan. Ayrim olimlar hatto soxtaoyoqlilar sinfiga mansub Kropana ilonini qirilib ketgan, deb hisoblardi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)