Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani Chorsu mahallasida 1967-yilda tug‘ilgan, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayolning uyidan bir bosh qoramoli o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga chiqqan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi, gumonlanuvchi shaxslarning alohida belgilari aniqlandi.Qo‘shimcha qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etgani aniqlandi va u qo‘lga olindi.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotidan
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)