Buxoro viloyatida xalq deputatlari Kogon shahar kengashi va Kogon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, har ikkala sessiyada viloyat rahbari O‘ktam Barnoyev qatnashgan.
Shahar kengashi sessiyasida ham, tuman kengashi sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rilgan. Jumladan, shu vaqtgacha Buxoro tumani hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Farhod Mardonov Kogon shahri hokimi etib saylangan.
Tuman kengashi sessiyasida esa shu vaqtgacha Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi kommunal xo‘jalik xizmati boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelgan Yo‘ldosh Jumayev Kogon tumani hokimi etib saylangan.
Xabar berishlaricha, Kogon tumanining avvalgi hokimi S. Hamroyev o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod qilingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)