O‘zbekiston Respublikasining Kuvayt davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahromjon A’loyev Kuvayt amiri shayx Saboh al-Jobir al-Ahmad as-Sabohga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat davomida shayx Saboh as-Saboh O‘zbekiston Kuvaytning mintaqadagi do‘stona, ishonchli va istiqbolli hamkori ekanligini qayd etdi. O‘zbekiston—Kuvayt munosabatlarini ikki tomonni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Kuvayt rahbari 2017-yilning 7—10-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Al-Kuvaytga qilgan rasmiy tashrifi ahamiyatiga to‘xtalar ekan, mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotning yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy—texnik hamkorlikning kengayishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)