• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘ayritabiiy ko‘tarinkilik: Kulga aylangan “Manas” restorani kulfatni reklama vositasiga aylantirdi

    7-fevral kuni Toshkentdagi Grand Mir (sobiq “Rossiya”) mehmonxonasi yaqinida joylashgan “Manas” art-restorani yonib ketgan edi. O‘zbekiston IIV axborotiga ko‘ra, “380 kvadrat metr maydonda o‘tov qilib qurilgan ayvon va jihozlar yongan”.

    Bu yong‘in o‘sha kunning eng ko‘p muhokama qilingan voqealaridan biri bo‘ldi; bu haqda nafaqat O‘zbekiston nashrlari, qo‘shni mamlakatlarda, xususan, Qirg‘izistonda ham faol yozishdi (ma’lumot uchun, “Manas” — qirg‘iz xalqining “Alpomish”i).

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    “Ha, bu haqiqat, — deyiladi restoran 7-fevral kuni Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan xabarda. — Bizning sevimli Xonligimiz binosi yonib ketdi. HECH KIM JABRLANMADI va bu eng asosiysi! ‘Manas’ nafaqat bir bino, balki bu kulfat sabab jamlangan jamoa, oila hamdir. Binoni qayta qurish juda oson! Tez orada ochilish haqida e’lon qilamiz!”.

    Yong‘in sabab restoran jamoasiga hamdardlik bildirganlar ham, bu muassasani “axloqi buzuqlar makoni bo‘lsa kerak” degan gumon bilan yong‘inni adolatli deb topganlar ham topildi. “Manas” ma’muriyati esa birinchi galda shu vaqtgacha “sodiqlik bonuslari”ni to‘plagan doimiy xo‘randalarini ovutishga urindi: “Bonuslaringizdan boshqa restoranlarda foydalanishingiz mumkin”.

    Yong‘inning ertasiga esa restoran ma’muriyati Facebook foydalanuvchilarini kamida “o‘z optimizmi” bilan hayratda qoldirdi. Restoran yuz bergan baxtsiz hodisani “O‘z xonligingni qur!”, deb nomlangan “realiti-shou”ning bir qismiga aylantirdi. Yangi restoran qurilishi haqida esa hajvga to‘la videorolik tayyorladi. Unda boshlovchi yong‘inni “realiti-shouning birinchi kuni” deb ataydi va “bu shouni ‘Yoshlar’ telekanali namoyish etmaydi”, deb shukrona keltiradi.

    11-fevral kuni “Manas” ikkinchi videorolikni e’lon qildi. Unda boshlovchi qurilish jarayoni qanday ketayotgani, unda kimlar ishtirok etayotgani haqida ma’lumot berishga urinadi. Shuningdek, bu videorolikda Murad Buildings qurilish kompaniyasi o‘z rahbari Murod Nazarov bilan birga suratga tushgan. Kompaniya, “Manas” ma’muriyati aytganidek, qurilishga “bebaho hissa” qo‘shgan.

    “Manas”ning og‘ir kulfatdan keyingi bu ko‘tarinki videolari foydalanuvchilarni hayron qoldirgani bor gap. Ayni vaqtda, bu videolar e’lon qilinganidan so‘ng, ba’zi foydalanuvchilar yong‘in ataylab uyushtirilgan degan xayolga ham borgan. “Go‘yo o‘zlarini piar qilish uchun ataylab yong‘in uyushtirgandek! Barakalla, marketologlar!”, — deb yozgan bir foydalanuvchi. “Ajoyib piar-yurish va boshqa firmalarni reklama qilish uchun yaxshi bir kanal bo‘libdi. Yangi seriyalarini kutaman”, — deb ikkinchi videoga izoh qoldirgan boshqa bir foydalanuvchi.

    “Manas” rahbariyati bu kabi yarim hazil, yarim chin kommentlarga yana ko‘tarinki kayfiyatda ritorik savol bilan javob qaytargan: “Har kuni odamlar bilan to‘la bo‘lgan va bizga moddiy foyda keltirib turgan restoranni qasddan yoqib yuborishimiz mumkin, deb o‘ylaysizmi?”. Va boshqa bir kommentda qo‘shimcha qilgan: “Ko‘magingiz uchun katta rahmat! Bizga hozir u juda ham kerak”.

    Odamlar esa haqiqatan ham restoranga yordam bermoqda. Bir foydalanuvchining yozishicha, u yangi qurilayotgan restoranning bitta g‘ishtini 100 ming so‘mga sotib olishga qaror qilgan. Restoranda qurilishga yordam bergan kishilarning ismlari “Do‘stlik devori”ga yozib qo‘yilishi aytilmoqda. Shuningdek, restoran ma’muriyati ko‘rsatilgan yordamni depozit shaklida qaytarishni ham va’da qilmoqda.

    Yong‘indan restoran qancha zarar ko‘rgani ma’lum emas. Yangi muassasaning qurilishi qachon yakuniga yetishi ham hozircha bildirilmagan.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    13.02.2017, 18:33   Izoh (0)   38380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarusda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga olib kelinadigan yangi transport vositalari aksiz solig‘idan ozod qilindi

    13.02.2017, 17:02

    Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida O‘quv-amaliyot to‘qimachilik texnoparkini tashkil etiladi

    13.02.2017, 16:26

    Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari belgilandi

    13.02.2017, 15:27

    Tabiiy ofatlarga qarshi turish maqsadida O‘zbekiston va Jahon banki qo‘shma loyihani amalga oshirishni boshladi

    13.02.2017, 13:58

    Toshkent shahrida imtiyozli mikrokreditlar bo‘yicha tajribaviy loyiha joriy etiladi

    13.02.2017, 13:33

    Plastik kartochka ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar muddati uzaytirildi

    13.02.2017, 12:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi

    Kino | 9 avgust, 16:55

    Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:40

    “Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin (video)

    O‘zbekiston | 9 avgust, 16:20

    “Barselona” 2026-yilda Harri Keynni sotib oladi

    Sport | 9 avgust, 16:04

    “Ukraina o‘z hududlaridan voz kechishni xohlamayapti” — Zelenskiy

    Dunyo | 9 avgust, 16:00

    “Garri Potter” filmlari qanday suratga olingan: franshiza haqida qiziqarli faktlar (foto)

    Kino | 9 avgust, 15:35

    Xitoyda realistik robotlar sotiladigan yangi do‘kon ochildi (foto)

    Dunyo | 9 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.