Aktrisa Elmira Rahimjonova “E’tirof” taqdimotida 2016-yilning eng yaxshi kinoaktrisasi deb topildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. “Daryo” nashri taqdimotdan matnli onlayn uyushtirdi.
E’tiborli tomoni, jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, Elmira Rahimjonova 2016-yilda birorta filmda suratga tushmagan.
Elmira Rahimjonova qanday mezonlar asosida yil kinoaktrisasi deb topilganiga hozircha aniqlik kiritilgani yo‘q.
Qayd etish joiz, aktrisa 2016-yil avgustida “O‘zbekkino” agentligi huzurida tashkil etilgan Kinoaktyor teatr studiyasining “To‘maris” spektaklida bosh rolni ijro etgan, shuningdek, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Artist” sitkomida epizodik rolni o‘ynagan edi.
Ma’lumot uchun, “E’tirof” taqdimotida “Baron” yilning eng yaxshi filmi, uning rejissori Rustam Sa’diyev esa yil rejissori deb topildi. Filmda bosh rolni ijro etgan rossiyalik aktyor Farhod Mahmudov “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev yilning eng yaxshi kinoaktyori deb topilgan bo‘lsa, taniqli rejissor Zulfiqor Musoqov yilning eng yaxshi kinossenaristi deb e’lon qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)