O‘z sahifalarida “AQSh prezidenti” degan yozuv bilan Alek Bolduin suratini joylashtirgan Dominikananing El Nacional gazetasi yo‘l qo‘ygan xatosi uchun kechirim so‘radi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“El Nacional juma kuni (10-fevral) Donald Tramp fotosi o‘rniga AQSh prezidentiga televizion dasturda taqlid qilgan aktyor Alek Bolduinning suratini chop etdi.
El Nacional o‘quvchilari va mazkur material noqulaylik tug‘dirgan barchadan uzr so‘raydi”, — deyiladi gazetada oradan bir sutka o‘tib e’lon qilingan bildirishda.
Ma’lumot uchun, Alek Bolduin NBC telekanalining Saturday Night Live ko‘rsatuvida bir necha bor Trampni parodiya qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)