9-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan vafot etdi. Shu kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev olamdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.
2. Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov: “Suyunchi pulini tug‘uruqxona xodimlariga emas, mehribonlik uylariga bering. Shifokorlarning esa maoshini oshirish kerak”.
3. Qo‘shko‘pirdagi elektr va gaz ta’minotidagi muammolar tadbirkorlarning samarali faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Chimboyda esa elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq muammolar aholi e’tirozlariga sabab bo‘layapti.
4. “Har bir shahardagi ko‘chalardan biriga Islom Karimov nomi berilishi lozim!”. “Ijtimoiy fikr” Birinchi Prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha aholi fikrini o‘rgandi.
5. Dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri Boysunda joylashgan. Bu haqda Boysunda ekspeditsiyada bo‘lgan National Geographic jurnalisti Mark Sinott hikoya qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)