2017-yil yanvar yakunlariga ko‘ra, Rossiyada Telegram’dan faol foydalanuvchilar auditoriyasi 6 million kishiga yetdi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Combot asoschilaridan biri va bosh direktori Fyodor Skuratovning ta’kidlashicha, gap messenjerdan har oy foydalanuvchilar haqida bormoqda.
Skuratovning so‘zlariga qaraganda, bu raqam dasturni Rossiyada yuklab olganlarning taxminan 60 foizi va jahon bo‘yicha bu messenjerdan faol foydalanuvchilarning 6 foizini tashkil etadi.
Combot’ning hisob-kitobiga ko‘ra, Telegram’ning eng ko‘p faol foydalanuvchilari Eronda bo‘lib, mamlakatda 35—40 million kishi Telegram’dan muntazam foydalanadi.
App Annie tahliliy kompaniyasining ma’lumotlariga qaraganda, Telegram Rossiyada iOS uchun “Ijtimoiy tarmoqlar” kategoriyasidagi dasturlar beshligiga kiradi.
Undan oldingi to‘rtta bandni WhatsApp, “VKontakte”, Viber va Skype egallagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)