O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Muhammadaziz Faxriddinov o‘z issiqxonasida sovuqqa chidamli, ertapishar limon yetishtirmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Muhammadaziz Faxriddinovning otasi, O‘zbekistonda sitrus mevalar yetishtirish asoschisi hisoblangan seleksioner olim Zayniddin Faxriddinov limonning sovuqqa chidamli, ertapishar navini yetishtirish uchun uni sovuqqa chidamli 30 dan ortiq meva ko‘chatlariga, g‘o‘za, qora murch kabi o‘simliklarga ham payvandlab, chatishtirib sinovdan o‘tkazgan, biroq natija bermagan edi.
Yashil qalamchalardan ko‘chat tayyorlashda Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazida yaratilgan “o‘zxitan” preparatidan foydalangan Muhammadaziz Faxriddinov otasining orzusini amalga oshirdi.
Hozirda olimning issiqxonasidagi kosadek limonlar hajmi taxminan uch kilogramm keladi. Mevalarning rangi va shakli deyarli bir xil.
Mazkur ko‘chatlar ikki yil issiqxona sharoitida yetilgach, ochiq maydonda ekildi. Uch yil ehtiyotlab parvarish qilinsa, ko‘chatning quvvati oshgani sayin uning tashqi ta’sirga chidamliligi oshib boradi. Ayni vaqtda mazkur ko‘chatlar 10 darajagacha bo‘lgan sovuqqa dosh bermoqda. Qibray tumanining Chingeldi qishlog‘ida limonning har tupidan 200 kilogramm hosil olinmoqda. Mulkdorlar har yili xorijga katta miqdorda limon eksport qilmoqda.Muhammadaziz Faxriddinov hozirda Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro viloyatlaridagi fermer va shaxsiy tomorqa egalariga limon ko‘chatlari yetkazib berilayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Toshkent viloyatida “Toshkent” mahalliy naviga talab yuqori.Muhammadaziz Faxriddinov, Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)