Tokio universitetining bir guruh olimlari sichqonning tana hujayralaridan foydalanib, kalamushning tanasida sog‘lom oshqozonosti bezini o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “TASS” NHK telekanaliga tayanib.
Olimlar dunyoda birinchi marta tirik organizmning tuzilmali qismini turlararo darajada qayta tiklashga — bir jonzotning organini boshqasining tanasida o‘stirishga erishdi. Sichqonning tanasiga ko‘chirib o‘tkazilgach, oshqozonosti bezi to‘liq ishladi.
Olimlar fikricha, ushbu tajribaning muvaffaqiyati inson organlarini hayvonlar tanasida o‘stirib, so‘ng yana odamga ko‘chirib o‘tkazish uchun imkoniyat yaratadi. Ammo bunday transplantologiya istiqbollari xalqaro tibbiyot hamjamiyatida ko‘plab axloqiy savollarni keltirib chiqaradi.
Endi tadqiqotchilar guruhi maymunning organlarini cho‘chqada o‘sitirishga urinib ko‘rmoqchi.
Izoh (0)