Garvard universiteti olimlari birinchi marta metall vodorod hosil qildi, deb yozadi Meduza. Buning uchun gazni 5,5 kelvin (Selsiy bo‘yicha -268) haroratgacha sovitishga va qariyb 5 million atmosferali bosim bilan bosishga to‘g‘ri keldi.
Vodoroddan metall hosil qilish uchun gazni yacheykaga joylashtirishdi va uni suyuq geliy bilan sovitishdi. So‘ng yacheykani, ikkita olmosni asta-sekin vintlar bilan mahkamlash orqali qisib qo‘yishdi.
Tadqiqot ikkita holat tufayli tanqidga uchrashga ulgurdi. Birinchidan, metall faqat bir marta hosil qilindi. Ikkinchidan, tadqiqotchilar yaltiroq metall vodorodni olmoslar uchun qo‘llanilgan qoplama bilan adashtirgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, u yerda alyuminiy oksidi ishlatildi, u esa muayyan sharoitlarda metall alyuminiyga aylanishi mumkin.
Kashfiyotni tasdiqlash uchun fiziklar guruhi qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi.
Izoh (0)