UzReport TV telekanali Ispaniya chempionati 21-turidan o‘rin olgan hamda noqulay ob-havo tufayli qoldirilgan “Selta” – “Real” uchrashuvini boshqa kuni namoyish qilishi mumkin. Bu haqda telekanalning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Uchrashuv 6-fevralga o‘tar kechasi 00:45 da bo‘lib o‘tishi kerak edi. Foydalanuvchilardan biri bekor qilingan o‘yin qaysi kuni namoyish etilishi haqida savol berdi. Bunga javoban o‘yin noma’lum muddatga ko‘chirilgani hamda uchrashuv sanasi rasman ma’lum bo‘lishi bilan muxlislarga e’lon qilinishi ta’kidlandi.
“Sports.uz” nashrining yozishicha, Galisiya shahrida kuchli po‘rtana bo‘lgani sababli “Selta”ga tegishli “Balaydos” stadioni tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan. Xususan, stadion tomining bir qismini uchib ketgan.
Xuddi shunday sababga ko‘ra La Liga 21-turidan o‘rin olgan “Deportivo” – “Betis” o‘yini ham noma’lum muddatga qoldirildi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Sports.uz” Marca nashri jurnalistlarining taxminiga tayangan holda “Selta” – “Real” o‘yini qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida yozdi.
1. “Selta” Yevropa Ligasining 1/16 finalida Donetskning “Shaxtyor” klubiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etsa, qoldirilgan o‘yin 15 mart kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
2. “Real” YChLning 1/8 finalida “Napoli” to‘sig‘idan o‘ta olmasa, o‘yin 12 yoki 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
3. Martning oxiri yoki aprelning boshida. Ikkala jamoa kelishgan holda FIFA kunlaridan so‘ng ushbu o‘yinni o‘tkazishi mumkin.
4. Ispaniya chempionatining so‘nggi turi oldidan. Bu 17 may kuniga to‘g‘ri keladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)